De Yongning "Barselona"dagi ahvoli yomonlashdi
"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong qiyin ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, de Yong jarohati tufayli uzoq vaqtni o‘tkazib yubordi, ammo oktyabr oyi boshida maydonga qaytdi.
Jurnalist Toni Xuanmartining fikricha, Pedri hozir "Barselona"da daxlsiz bo‘lib, Mark Kasado ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, De Yong uchun asosiy tarkibdagi o‘rnini tiklash qiyin bo‘ladi.
Aytish joizki, de Yong "Barselona"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi, shuning uchun ham klub uni bir necha bor sotishga urinib ko‘rgan.