"Barselona" futbolchisi kelasi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaslik xavfi bor.
Bu haqda “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ma’lum qildi.
"De Yong so‘nggi paytlarda yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ammo hozircha biz qarorni kutishimiz kerak.
U so‘nggi mashg‘ulotni noqulaylik bilan yakunladi. Shundan so‘ng Frenki yakka tartibda ishlashga o‘tdi", - dedi nemis mutaxassisi.