"Milan" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradigan bo‘ldi
Himoyachi Matteo Gabbiya "Milan"da o‘ynashda davom etadi. "Rossonerlar" rahbariyati 25 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Gabbiya yaxshilangan moliyaviy shartlar bo‘yicha 2029 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.
Amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida tugaydi.
Joriy mavsumda 25 yoshli italiyalik 7ta uchrashuvda ishtirok etib, 1ta gol urdi.