"Milan" himoyachisi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi
"Milan" va Matteo Gabbia yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli italiyalik markaziy himoyachi "rossonerilar" bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi.
Gabbiya klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan buyon asosiy jamoa vakili.