"Milan" Teo bilan tezroq yangi shartnoma imzolamoqchi
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
27 yoshli fransiyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon o‘ynab kelayotgan Italiya klubida qolmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchi va uning agenti 6 oy ichida "rossonerilar"dan yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif kutishmoqda.
Ernandesning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.