Devid «Lill» bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas
Hujumchi Jonatan Devid «Lill» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Futbolchining shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida tugaydi va shartnoma yakunlanganidan keyin u erkin agent sifatida klubni tark etishga tayyor.
Jonatan klubdan mavsumiga 6 million yevro maosh va 10 millionlik imzo bonusi bilan 5 yillik shartnoma talab qilmoqda.
Devid 2020 yilning avgustidan buyon «Lill»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.