"Barselona" futbolchisining kelajagi oydinlashdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoada qolish istagini klubga ma’lum qildi.
Futbolchi boshqa klublardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqmaslikni afzal ko‘rmoqda, deb xabar beradi Relevo.
Tomonlar o‘rtasida yangi shartnoma imzolash bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Avvalroq de Yong yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmagani, shu sababli klub futbolchini sotuvga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.