"Barselona" muhim futbolchini saqlab qolishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo "ko‘k-anorranglilar" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchiga Xans-Diter Flik jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng jamoaning o‘zgarishi yoqmoqda. Ronald kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashi ehtimoli katta.
25 yoshli himoyachi "Barsa"da 2020 yilning oktyabridan buyon to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million yevroga baholagan.