"Barselona" Fermin bo‘yicha qaror qabul qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatidan yangi shartnoma olishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2029 yilning yoziga qadar uzaytiriladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilda yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari Ferminning bozor narxini 50 million yevroga baholamoqda.