Saloh "Liverpul"ga shart qo‘ydi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh, agar uning shartlari bajarilsa, klubda qolishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarning yozishicha, 32 yoshli misrlik agar "qizillar" unga 3 yillik yangi shartnoma taklif qilsa, faoliyatini "Enfild"da davom ettirishga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Avvalroq matbuotda Muhammad "Liverpul"ni tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.