"Barselona" himoyachisiga La Liganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya qishda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli bor.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchini "Jirona" va "Real Sosyedad" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Transfermarkt futbolchining narxini 20 million yevroga baholagan. Garsiyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi.