"Barselona" Segundaning 17 yoshli iste’dodini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Malaga" vingeri Antonio Kordero faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" "Malaga" bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarida tugaydigan 17 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Kordero Ispaniya ikkinchi divizionida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi ikki million yevroga teng.