Flik "Bavariya" vingerini "Barselona"da ko‘rmoqchi
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarning yozishicha, 28 yoshli vingerning transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Futbolchini "ko‘k-anorranglilar"dan tashqari Angliya Premyer-ligasi klublari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Sanening myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Leroyning bozor qiymati 60 million yevro.