"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisiga "Barselona" va "Real" qiziqish bildirmoqda
Lissabonning "Benfika" klubida to‘p tepayotgan himoyachi Alvaro Fernandes faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchining transferiga Ispaniyaning ikki top-klubi "Barselona" va "Real" qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Fernandes "Manchester Yunayted"dan "Benfika"ga olti million yevro evaziga o‘tgan edi.
Himoyachining Portugaliya grandi bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini sakkiz million yevroga baholamoqda.