"Man Yunayted" yana angliyalik markaziy himoyachi variantiga qaytdi
"Manchester Yunayted" klubi "Everton"ning markaziy himoyachisi Jerred Brentueytga yana qiziqish bildirmoqda.
Angliyalik futbolchi o‘tgan yozda "qizil iblislar"ning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan edi, ammo transfer shartlari bo‘yicha kelishib bo‘lmadi. Daily Mail xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Brentueyt bilan shartnoma imzolash borasidagi ishlarni qayta boshlashi mumkin. "Everton" 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmadi va yaqin kelajakda uning sotilishini ma’qullashi mumkin.
Transfermarkt portali markazning qiymatini 42 million yevroga baholamoqda, ammo "irislar" undan 70 million funt sterling (deyarli 85 million yevro) ishlab olmoqchi.