Kasado nega Xavi qo‘l ostida ko‘p o‘ynamagan?
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Mark Kasadoga unchalik ishonch bildirmasdi.
Tayanch yarim himoyachi pozisiyasidagi muammolarga qaramay, yosh futbolchi kamdan-kam holatda maydonga tushandi. Joriy mavsumdan boshlab - allaqachon Xans-Diter Flik boshchiligida - 21 yoshli futbolchi doimiy ravishda asosiy tarkibdan o‘rin olmoqda.
Jurnalist Gabriel Sansga ko‘ra, Kasado va Xavi o‘rtasida hech qanday muammo bo‘lmagan. Ispaniyalik murabbiy yosh yarim himoyachi yoshligidan asosiy tarkibda o‘ynashga tayyor bo‘lgan tabiiy iste’dodli futbolchilardan emas degan qarorga keldi va shuning uchun undan sabrli bo‘lishini so‘radi. Bundan tashqari, Mark ketish haqida o‘ylayotgani ma’lum bo‘lgandi, ammo Xavi kelajakda uni asosiy tarkibda tez-tez o‘ynatishga va’da berib, uni qolishga ko‘ndirgan.