"Yuventus" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun "Manchester Yunayted" bilan kurashadi
"Everton" markaziy himoyachisi Jerred Brentueytga yana bir top-klub qiziqib qoldi.
22 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" anchadan beri asosiy da’vogar hisoblanadi - mish-mishlarga ko‘ra, "qizil iblislar" kelgusi yilning yozida istiqbolli ingliz nomzodiga qaytishni rejalashtirmoqda. Calciomercato xabariga ko‘ra, Brentueytni "Yuventus" ham kuzatmoqda. "Keksa Senyora" vakillari boshqa variantlar bilan bir qatorda "irislar" o‘yinchisining yozgi transfer imkoniyatini o‘rganmoqda.
Jerred jarohat tufayli bu mavsumda "Everton" safida bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, markaziy himoyachining narxi 42 million yevroni tashkil etadi.