Dorival: "Mukammal jamoani yaratish uchun vaqt kerak"
Dorival Juniorning fikricha, Braziliya terma jamoasi uning boshchiligida muvaffaqiyatga erishgan.
62 yoshli mutaxassis shu yilning yanvar oyida jamoani qabul qilib olgan edi.
Uning rahbarligida braziliyaliklar Amerika Kubogida (chorak finalda chiqib ketishgan, penaltilar seriyasida Urugvayga yutqazishgan) va JCH-2026 saralashida (ular hozirda saralash jadvalida 5-o‘rinni egallab turishibdi) ishtirok etishdi.
“Taraqqiyot bor. Men barcha chiziqlarimizga qarab baho beraman. Oxirgi ikki o‘yinda yaxshi natija ko‘rsatdik, ammo ba’zi joylarda omadimiz kelmadi. Yana bitta gol va yilni jadvalda 2-o‘rinda yakunlashimiz mumkin edi.
O‘ylaymanki, o‘yinimizda ko‘p narsa o‘zgardi. Biz o‘z yo‘limizdan ketyapmiz, natijalarimizni yaxshilashni istaymiz va bunga allaqachon yaqinmiz. Ammo muxlislarda ishonch uyg‘otadigan mukammal jamoani yaratish uchun vaqt kerak", – dedi murabbiy.