Braziliya bosh murabbiyi: "O‘yinimizda ko‘p narsa o‘zgardi"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior Urugvay bilan bo‘lib o‘tgan (1:1) JCH-2026 saralash o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Taraqqiyot yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Men hamma chiziqlarimizni o‘yinga qarab baholayman. Oxirgi ikki o‘yinda yaxshi natija ko‘rsatdik, ba’zida omadimiz kelmadi. Yana bitta gol - va biz yilni jadvalda 2-o‘rinda yakunlashimiz mumkin edi.
O‘ylaymanki, bizning o‘yinimizda ko‘p narsa o‘zgardi. Biz o‘z yo‘limizdan bormoqdamiz, natijalarimizni yaxshilashni istaymiz va bunga yaqinlashdik. Ammo muxlislarga ko‘proq ishonch beradigan mukammal jamoani yaratish uchun vaqt kerak.
Ba’zilar buni sezishni istamasa ham, ish davom etmoqda. Natijalar, afsuski, sodir bo‘layotgan voqealarni berkitishi mumkin. Men jamoaga va natijalar yaxshiroq bo‘lishiga ishonaman", - dedi Dorival Junior.