Braziliya terma jamoasi ustozi: "Braziliya yaxshiroq natijaga loyiq edi"
Braziliya terma jamoasi ustozi Venesuela bilan o‘yinda jamoaga omad kulib boqmadi, deb hisoblamoqda.
Braziliyaliklar JCH-2026 saralashi doirasida safarda (1:1) raqiblarini mag‘lub eta olmadi.
"Biz doimo vaziyatlar yaratishga harakat qildik, bu bizning jamoamiz uchun odatiy hol. O‘ylaymanki, bugun bizga omad yetishmadi.
Bu chiroyli, ochiq o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoaning yarim himoyasi juda yaxshi ko‘rindi. Umid qilamanki, biz rivojlanishda va o‘sishda davom etamiz, biroq bugun Braziliya yaxshiroq natijaga loyiq bo‘lsa-da", - dedi Dorival Junior.