Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi "Oltin to‘p" natijalariga munosabat bildirdi
Braziliya terma jamoasi ustozi Dorival Junior "Oltin to‘p" uchun o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga izoh berdi. Nufuzli sovrin sohibi ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes bo‘ldi.
"Menimcha, natijalar adolatsiz, chunki bu individual mukofot. Men Rodriga qarshi emasman, u ispaniyalik eng yaxshi futbolchilardan biri. Ammo Vinisiusga uning qilgan ishlari uchun alohida e’tibor berish kerak edi. Braziliya xalqi Juniorga nisbatan adolatsizlikni his qildi. U bu sovringa loyiq", - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalariga ko‘ra, "Real" hujumchisi Vinisius Junior ikkinchi o‘rinni egalladi.