Nacho "Oltin to‘p" haqida: "Men buni Vinisiusga bergan bo‘lardim, u hozir birinchi raqamli"
Nacho Fernandes "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalariga izoh berdi.
France Football talqini bo‘yicha mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrin "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga topshirildi. "Real Madrid" vingeri Vinisius Junior ikkinchi o‘rinni egalladi. Madrid klubi taqdirlash marosimini boykot qildi.
"Agar men samolyotda bo‘lganimda, rostini aytsam, ketgan bo‘lardim. Ammo muammo shundaki, hamma narsa Vinisiusning g‘alabasiga ishora qildi. Oxirgi lahzada g‘alaba qozona olmasligingizni bilib qolishingiz bilan murosaga kelish oson bo‘lmagandir, lekin baribir borish kerak edi.
Men unga yozdim, bu uni yanada kuchliroq qiladi, u kurashni to‘xtatmasligi kerak. Bu yigitni hayratga soladigan jasorat bor va ishonchim komilki, u kelajakda g‘alaba qozonadi.
Rodrini tabrikladim, u uchun juda xursandman, u ham juda yaxshi yigit. Lekin men, shubhasiz, "Oltin to‘p"ni Vinisiusga bergan bo‘lardim, u hozir birinchi raqamli", - dedi "Al-Qodisiya"da o‘ynayotgan "Real"ning sobiq himoyachisi COPE nashriga.