Marta: "Bu qanday mukofot?"
Braziliyalik futbolchi Marta "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalaridan norozi.
Parijda bo‘lib o‘tgan marosimda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. Ikkinchi o‘rinda "Real Madrid" vingeri Vinisius Junior bo‘ldi.
Marosim boshlanishidan bir necha soat oldin, “Oltin to‘p” Vinisiusga emas, Rodriga nasib etishi haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan so‘ng, Marta ovoz berish natijalariga emosional munosabatda bo‘lgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
"Men bir yil davomida Vinisiusni zamonamizning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishini kutdim. Endi esa unga “Oltin to‘p” berilmaydi, deyishdi. Bu "Oltin to‘p"mi o‘zi nima? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!" – dedi Braziliya terma jamoasi futbolchisi.