Emeri YECHLdagi ketma-ket uchinchi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
"Aston Villa" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida "Bolonya" bilan g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ingliz klubi 2:0 hisobida g‘alabani nishonladi.
"Biz maydonda maksimal konsentrasiya bilan ishlaymiz. Jamoa o‘yindan-o‘yinga taraqqiyotni ko‘rsatmoqda. Uchrashuv boshida bir nechta qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik, shundan so‘ng xulosa chiqardik. Safarda ham, uyda ham yevrokuboklarda o‘ynash oson emas. Shuning uchun siz butun 90 daqiqa davomida o‘z rejangizga amal qilishingiz kerak", - dedi ispaniyalik murabbiy.