«Lans» muxlislari Husanovni eng yaxshi deb topishdi
Fransiyaning «Lans» klubi muxlislari O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovni oktyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
20 yoshli markaziy himoyachimiz ortda qolayotgan oyda lansliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va barchasida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi.