Gvardiola yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Pep Gvardiola "Man Siti" bilan shartnomasini uzaytirish haqida gapirdi.
"Men hozir keta olmasligimni his qildim. Bu oddiy. Sababini so‘ramang. Balki to‘rtta mag‘lubiyat tufayli keta olmasligimni his qilgandirman.
Men har safar shartnoma imzolaganimda: "Yaxshi, bu oxirgi ikki yil", deb aytaman va keyingi shartnomani imzolaganimdan keyin ham: "Yaxshi, oxirgi ikki yil" deb aytaman.
Va shunga qaramay biz shu yerdamiz", - dedi "Manchester Siti" ustozi.