“Inter” yetakchisi borasida ma’lumot yangilandi
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Xoqon Chalxano‘g‘li Turkiya terma jamoasi safida jarohat oldi.
30 yoshli futbolchi Millatlar ligasining Uelsga qarshi o‘yinida (0:0) mushaklardagi muammolar tufayli tanaffusda almashtirilgan edi.
Jurnalist Matteo Bardzagining so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi og‘ir jarohatdan qutulib qolgan – uning son qismi biroz cho‘zilgan.
Futbolchi A Seriyaning navbatdagi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Verona"ga qarshi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.
Hoqon Chalxano‘g‘li “Inter”ning joriy mavsumdagi 12 o‘yinida 4 ta gol urdi.