"Yuventus" hujumchisi tez orada safga qaytadi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich tez orada jarohatidan forig‘ bo‘ladi.
24 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasidagi Serbiya - Daniya (0:0) uchrashuvida jarohat olgandi.
Xabaringiz bor, forvard shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Yuventus"ning "Milan"ga qarshi navbatdagi o‘yinida maydonga tusha olmaydi, ammo uning safga qaytishiga oz vaqt qolgan.
Sky Sports xabariga ko‘ra, Vlaxovichning jarohati avvaliga o‘ylangandek jiddiy emas, shu bois serbiyalik futbolchida "Aston Villa"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok etish imkoniyati bor.