Rossiya o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Rossiya terma jamoasi rasmiy o‘yinda ilk bor 11 ta gol urdi.
Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa o‘rtoqlik uchrashuvida Bruney terma jamoasini (11:0) mag‘lub etdi.
Rossiya terma jamoasi birinchi marta bitta o‘yinda 11 ta gol urib, o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bungacha eng yirik g‘alaba 2019 yil iyun oyida Yevro-2020 saralashi doirasida San-Marino ustidan (9:0) bo‘lgan.