Karpin: "Rossiya Yevro-2024da yaxshi ishtirok etgan bo‘lardi"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Germaniyada bo‘lib o‘tgan 2024 yilgi Yevropa chempionatida terma jamoa o‘zini qanday ko‘rsatishi mumkin bo‘lganini aytdi.
"Agar bizga xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun ruxsat berilsa, jamoa Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olardi. U yerda nima bo‘lar edi, boshqa savol. Lekin bir narsa aniqku biz munosib ishtirok etgan bo‘lardik", - dedi mutaxassis.
FIFA va UEFAning qo‘shma qarori bilan Rossiya terma jamoasi xalqaro turnirlardagi ishtirokidan chetlashtirilgan. Noyabr oyida Karpin futbolchilari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. 15 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi Bruney terma jamoasi bilan, 19 noyabr kuni esa Suriyaga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.