Turkmaniston Rossiya bilan o‘yindan bosh tortdi
Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin edi. Biroq, dastlabki kelishuvlarga qaramay, tomonlar o‘yinni o‘tkazish borasida kelisha olishmadi.
Sport24 nashrining vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, Rossiya va Turkmaniston terma jamoalari o‘z maydonlarida o‘yin o‘tkazishni talab qilishgan. Aynan shuning uchun ham kelishuvga erishib bo‘lmadi. Bunday holda, tomonlar kelajakda muzokaralarga qaytishlari mumkin, ya’ni o‘yin keyingi xalqaro oylarda o‘tkazilishi mumkin.
Avvalroq, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Bruney va Suriyaga qarshi o‘ynashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.