Nigeriya termasi Liviyadagi tashlandiq aeroportda suvsiz, ovqatsiz qolib ketdi
Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogi saralashidan o‘rin olgan Liviyaga qarshi safar uchrashuvi oldidan Nigeriya qiyinchiliklarga duch keldi.
Jamoa o‘yinga uchib ketayotgan edi. Manzilga qo‘nish oldidan samolyot zudlik bilan boshqa aeroportga yo‘naltirilgan.
Mezbon jamoa kerakli transport taqdim qilmagan va Nigeriya milliy jamoasi ovqat va suvsiz aeroportda qolib ketgan. Shuningdek yaqin atrofdagi mehmonxonalarda uxlash imkoniyati ham bo‘lmagan, chunki ularga nigeriyaliklarni joylashtirish taqiqlangan.
E’tiborlisi, shu kuni Nigeriya uchun ruxsat berilmagan aeroportga Sudan va Gana terma jamoalari qo‘ngan.
Manba: www.daryo.uz