Bonifase: "Bu qo‘rqinchli bo‘lib bormoqda"
Nigeriya terma jamoasi tashlandiq aeroportda qolib ketdi va Liviyaga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Ba’zi futbolchilar ijtimoiy tarmoqlardagi postlari orqali sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qolishdi.
“Bayer Leverkuzen”ni klub miqyosida himoya qilayotgan Viktor Bonifase ham bu voqeadan chetda turmadi.
“Bu qo‘rqinchli bo‘lib bormoqda. Siz tushuna olasiz. Biz faqat o‘z yurtimizga qaytishni istaymiz”, — deb yozadi Bonifase.