"Real" ham bu kurashga qo‘shildi
"Bayer" markaziy himoyachisi Jonatan Ta "Real"ga taklif qilindi.
Nemis futbolchisining «dorichilar» bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va u uzaytirilmaydi, shuning uchun yanvarda uni ancha arzonlashtirilgan narxda sotib olish mumkin bo‘ladi.
Marca xabariga ko‘ra, Ta xizmatlari "Real Madrid"ga taklif qilingan, ammo ayni damda klub 28 yoshli markaziy himoyachini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.
"Bavariya" va "Barselona" bilan birga Jonatan Taga da’vogarlar qatorida Madrid grandi ham qayd etilgan. Myunxenliklar va kataloniyaliklar, xabarlarga ko‘ra, futbolchini yozda erkin agent sifatida o‘z safiga tortishni afzal ko‘rishadi.