Taning agenti futbolchining "Bavariya"ga o‘tish imkoniyatini baholadi
"Bayer" markaziy himoyachisi Jonatan Ta klubini o‘zgartirishga tayyorlanmoqda.
28 yoshli futbolchi mavsum oxirida "dorishunoslar"ni erkin agent sifatida tark etadi. Nemis futbolchisi uchun asosiy da’vogar hamon "Bavariya" hisoblanmoqda.
"Jonatan keyingi yozda katta klubga o‘tadi va "Bavariya"da uni qo‘lga kiritish uchun hali ham katta imkoniyat bor.
Afsuski, "Bayer" ulardan (o‘tgan yozda) juda ko‘p pul so‘radi. "Bavariya" Tani juda xohlardi, u transfer qilishi mumkin. "Bayer" uni sotishdan pul ishlab olishini istardik, ammo endi klub hech qanday pul olmaydi. Menimcha, bu xato edi", - deya agent Pini Zaxavi so‘zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg.