Jonatan Taning agenti futbolchi kelasi yil kuchli jamoaga o‘tishini aytdi
Leverkuzenning "Bayer" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jonatan Taning agenti Pini Zaxavi uning mijozi kelasi yozda Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishini aytdi.
28 yoshli futbolchining leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
U "Bavariya"ga o‘tishi kerak edi. Ular haqiqatan ham u bilan shartnoma imzolashni xohlashdi. Afsuski, "Bayer" juda ko‘p pul so‘radi.
Jonatan kelasi yozda top-klubga o‘tadi. "Bavariya" uni qo‘lga kiritish uchun hali ham katta imkoniyatga ega", dedi Pini Zaxavi.