"Yuventus" ham "Bayer" markaziy himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi
Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta ko‘plab top-klublarning qiziqishlari ro‘yxatida.
28 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach, shartnomasi tugagach, Leverkuzenni tark etishini allaqachon ma’lum qilgan. "Bavariya" nemis futbolchisi uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda, ammo kurashga "Real" va "Barselona" ham aralashgan.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" ham kelasi yozda Tani erkin agent sifatida taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Qolaversa, markaziy himoyachiga A Seriyaning yana bir giganti "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.
Jonatan Ta 2015 yildan buyon "Bayer" tarkibida 363 ta o‘yin o‘tkazgan.