Polsha bosh murabbiyi Levandovski nega asosiy tarkibda maydonga tushmaganini tushuntirdi
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Mixal Probej nega Robert Levandovskini asosiy tarkibga kiritmaslik qaroriga izoh berdi.
Polsha terma jamoasining 36 yoshli yetakchisi Xorvatiya bilan Millatlar ligasi o‘yinini zaxira o‘rindig‘ida boshladi. "Barselona" forvardi 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, 68-daqiqada golli uzatmani amalga oshirib, polshaliklarning mag‘lubiyatdan qutulib qolishiga yordam berdi (3:3).
"Uning kichik jarohati bor edi, biz tavakkal qilishni xohlamadik. Muammo unchalik jiddiy emas edi, lekin biz o‘yin davom etar ekan, uni maydonga tushirishga qaror qildik. U maydonga tushganidan so‘ng ajoyib o‘yin ko‘rsatdi", dedi Probej o‘yindan keyingi intervyusida.