Ronaldo Braziliya futbol konfederasiyasiga prezident bo‘lmoqchi
Ronaldo Braziliya futbol konfederasiyasiga rahbar bo‘lmoqchi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" va "Real"ning sobiq hujumchisi 2026 yilda tashkilot prezidenti bo‘lishini kutmoqda. Shu bilan birga, u Pep Gvardiolaning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi atrofida qurilgan sport loyihasi bo‘lishini istaydi.
Hozircha ispaniyalik mutaxassis bunday reja bo‘yicha na ijobiy, na salbiy javob bergan bo‘lsa-da, uning mavjudligidan xabari bor. Qayd etilishicha, bunday reja ish berishi mumkin. Agar Gvardiola "Manchester Siti"da ishlagandan so‘ng dam olishga qaror qilsa, murabbiylik faoliyatidagi tanaffusdan so‘ng Braziliya terma jamoasidagi o‘rin aynan o‘z vaqtida paydo bo‘lishi mumkin.
Avvalroq bu yil Pepga CBFdan bir nechta qo‘ng‘iroqlar tushgani haqida xabar berilgandi. Braziliya termasi bilan ishlash unga prinsipial jihatdan qiziq.