Gyuler «Real»da baxtsiz
Mustafo Denizli Arda Gyulerning «Real»dagi holati haqida gapirdi.
19 yoshli yarim himoyachi Turkiya terma jamoasi safida Millatlar ligasining 5-turida Uelsga qarshi (0:0) o‘ynadi.
Bosh murabbiy Vinchenso Montella o‘yinning 86-daqiqasida Gyulerni almashtirdi va buni futbolchining o‘yin oldidan o‘yin daqiqalari soni yetarli bo‘lmaganligi va uning jismoniy holatiga shubha borligi bilan izohladi.
Avvalroq «Real» Karlo Anchelottidan turkiyalik yarim himoyachiga ko‘proq amaliyot berishni so‘rayotgani xabar qilingandi. Arda 12 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 307 daqiqa o‘ynadi.
«Unga o‘yin amaliyoti yetishmadi. Bu normal, u «Real Madrid»ga o‘tgan holatida emas.
Aftidan, u u yerda baxtsiz» - dedi «Galatasaroy», «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» klublarini boshqargan Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi.