"Napoli" futbolchisi o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi
Neapolda Devid Neresning soati o‘g‘irlandi.
“Napoli” yarim himoyachisiga zarar yetkazishda uch kishi ayblanib, hibsga olindi, deb xabar beradi Calcio.
Aytilishicha, 1-sentyabr kuni Neres o‘zining mikroavtobusida “Parma”ga qarshi o‘yindan so‘ng uyiga qaytayotganida futbolchining 100 ming yevrolik soati olib ketilgan. Futbolchi tirbandlikda turganda uch erkak - Janluka Kuomo (30 yosh), Juzeppe Vitale (24 yosh) va Juzeppe Vekkione (34 yosh) mashinaning orqa oynasini sindirib, uni soatini berishga majburlagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlik rejasi futbolchi o‘tgan yozda "Napoli" bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng darhol paydo bo‘lgan.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun tergovchilar kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlardan foydalangan.