Devid Moyes APL klubiga murabbiy bo‘lib qaytishi mumkin
Mashhur murabbiy Devid Moyes yana «Everton»ga bosh murabbiylik qilishi mumkin. Shotlandiyalik mutaxassisning «Gudison Park»ga qaytishi klub amerikalik investorlar tomonidan sotib olinganidan keyin sodir bo‘lishi mumkin. Bu haqda «The Sun» nashri xabar bermoqda.
Devid Moyes 2002-2013 yillarda «Everton»ni boshqargan. Shundan so‘ng shotlandiyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tdi va u yerda muvaffaqiyatga erisha olmadi. 61 yoshli Moyes hozirda birorta klubni boshqarmayapti. O‘tgan mavsum oxirida mutaxassis «Vest Xem»ni tark etgandi.
Ayni paytda «Everton» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida atigi 15-o‘rinni egallab turibdi.