"Bavariya" himoyachisini saqlab qolish uchun harakat qiladi
"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis doimiy ravishda transfer mish-mishlari mavzusida qolmoqda.
Kanadalik futbolchiga anchadan beri "Real" qiziqish bildirayotgan edi, biroq yaqinda "Manchester Yunayted" ham bu ro‘yxatda paydo bo‘ldi.
"Barselona" Devisga qiziqish bildirmoqda. Uzoq vaqt davomida Alfonso kelasi yozda albatta klubini o‘zgartirishga moyil bo‘lib keldi.
Endi, Germaniyaning Abendzeitung nashri ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat o‘zgargan. Manbaga ko‘ra, Devis "Bavariya"da qolish uchun shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Qayd etilishicha, Devis Vensan Kompani boshchiligida o‘zini qulay his qilmoqda. Endi futbolchi tomonidagilar va klub maosh borasida kelishib olishlari muhim.