«Bavariya» Devisga ultimatum qo‘ydi
«Bavariya» chap qanot himoyachisi Alfonso Devis klubidan yangi taklif oldi.
Kanadalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlanganidan keyin tugaydi. Myunxen grandi rahbariyatining Devis bilan kelishuvga erishishga bo‘lgan oldingi urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi, shuning uchun futbolchining ketishi eng mumkin bo‘lgan ssenariy hisoblangan - «Real Madrid» unga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalistlar Kristian Falk va Tobi Altshefflning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya» hali taslim bo‘lgani yo‘q - klub 24 yoshli lateral bilan murosa topishga so‘nggi bor urinib ko‘rdi. Futbolchi hozircha taklifga javob bermagan.
Manbaga ko‘ra, Myunxen gigantlari vakillari Alfonso Devisga u taklif qilingan shartlarga roziligini yoki yangi ish beruvchi izlashi mumkinligini aniq aytishgan. Vaziyat noaniqligicha qolmoqda.