"Bavariya" sport direktori Devis bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda
"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Alfonso Devis bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
Kanadalik chap qanot himoyachisining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. "Real Madrid" va "Manchester Yunayted" vaziyatni kuzatib borishmoqda va futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
"Devisga yangi shartnoma? Bizda ishonch bor.
Hozir u o‘yindan zavqlanayotganiga shubha qilmayman. "Bavariya"ning uslubi unga mos keladi. Umid qilamizki, bu uzoq vaqt davom etadi", - dedi funksioner.