«Bavariya» hali Devisga rasmiy taklif yubormagan
«Bavariya» hali Alfonso Devisga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q.
Myunxen klubi futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor - uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, «Bavariya» mish-mishlarga qaramay, 24 yoshli kanadalik futbolchiga hali yakuniy taklif bilan chiqmagan. Hozircha hamma narsa norasmiy muhokamalar bilan chegaralangan.
«Real» va «Manchester Yunayted» mavsum oxirida Alfonso Devisni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.