Karsli Tuxelning o‘rnini egallashga tayyor
Garet Sautgeyt ketganidan beri Li Karsli Angliya terma jamoasini vaqtincha boshqarib kelmoqda.
2025 yil boshidan “uch sherlar”ni Tomas Tuxel boshqaradi, Karsli esa Angliya yoshlar terma jamoasi bilan ishlashni davom ettiradi.
Matbuotda Karsliga ba’zi klublar qiziqayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Biroq, The Sun o‘z sahifalarida yozganidek, mutaxassis klub darajasiga o‘tishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, Li xalqaro futbolda o‘zini qulay his qilmoqda. Mutaxassis tajriba orttirishda davom etadi - u keyinchalik Angliya terma jamoasini boshqarishga umid qilmoqda. Balki 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Tuxel ketsa, bu amalga oshar.