Xoland Qozog‘iston darvozasiga xet-trik qayd etdi
Erling Xoland Qozog‘iston bilan o‘yinda uchta gol urdi.
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Millatlar ligasi o‘yinining 23-daqiqasida hisobni ochdi, keyinroq esa 37- va 71-daqiqalarda gol kiritdi. Ikkinchi golda unga Antonio Nusa, uchinchisida esa Sander Berge ko‘maklashdi.
Joriy mavsumda 24 yoshli forvard milliy terma jamoa va «Manchester Siti» safida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi.