Xau kelajagi haqida qaror qildi
Angliya futbol assosiasiyasi milliy terma jamoaga yangi murabbiy izlashda davom etmoqda. Yevropa chempionatidan so‘ng ko‘p o‘tmay Garet Sautgeyt bu lavozimni tark etdi va bungacha Angliya yoshlar terma jamoasida ishlagan Li Karsli vaqtinchalik jamoani qabul qilib oldi.
Eddi Xau Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatida. Biroq, bu mutaxassis "Nyukasl"dan ketishni istamayapti. Bu haqda Telegraph nashri o‘z sahifalarida so‘zlab beradi.
Eddi Xau “Nyukasl”ga qariyb uch yildan beri ustozlik qilmoqda. O‘shandan beri 134 uchrashuvda jamoa 67 g‘alaba, 30 durang va 37 mag‘lubiyatga erishgan.