Karslida qolish niyati yo‘q
Li Karsli Angliya terma jamoasida doimiy ravishda qolish niyatida emas.
50 yoshli mutaxassis "Uch sherlar" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlamoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Millatlar ligasida 3 ta o‘yin o‘tkazdi - Irlandiya (2:0), Finlyandiya (2:0) va Gresiya (1:2) bilan.
The Telegraph xabariga ko‘ra, Karsli doimiy bosh murabbiy lavozimiga o‘tishni istamaydi. Bu Gresiyaga qarshi mag‘lubiyat bilan bog‘liq emas - u ushbu o‘yindan oldin ham shunday pozisiyaga ega edi.
Angliya futbol assosiasiyasi (FA) murabbiy jamoada qolishni istamagani haqida ularga xabar berganmi yoki yo‘qligini aytmadi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlar Pep Gvardiola, Tomas Tuxel, Grem Potter va Eddi Xau hisoblanadi.